O‘quv ishlari

Fan dasturi 
2.13.-Gigiena.-Tibbiy-ekologiya
Download

O‘quv jarayoni

Atrof muhit gigienasi kafedrasida quyidagi talabalar ta’lim olishadi:

Atrof muhit gigienasi kafedrasida o‘quv jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Kafedrada davolash, tibbiy pedagogika fakultetlarining 3, 4 – bosqich talabalari, tibbiy profilaktika fakultetining 1, 2, 4 – bosqich talabalari, tibbiy biologiya fakultetining 1 – bosqich talabalari tahsil oladi.

Davolash va tibbiy pedagogika fakultetlarida umumiy o‘quv soati –3-kurs uchun 128 soat, shundan ma’ruza – 24 soat, amaliy mashg‘ulot – 48 soat, mustaqil ta’lim soati – 56 soat, 6-kurs uchun umumiy o‘quv soati-30 soat, shundan amaliy mashg‘ulot – 18 soat, mustaqil ta’lim soati – 12 soat, 7-kurs uchun umumiy o‘quv soati-52 soat, shundan ma’ruza – 6 soat, amaliy mashg‘ulot – 32 soat, mustaqil ta’lim soati – 14 soat.

Tibbiy profilaktika fakultetida umumiy o‘quv soati – 1 kurs uchun  54 soat, shundan ma’ruza – 6 soat, amaliy mashg‘ulot – 30 soat, mustaqil ta’lim soati – 18 soat, 3 kurs uchun  130 soat, shundan ma’ruza – 24 soat, amaliy mashg‘ulot – 66 soat, mustaqil ta’lim soati – 40 soat, 4-kurs uchun umumiy o‘quv soati – 110 soat, shundan ma’ruza – 18 soat, amaliy mashg‘ulot – 54 soat, mustaqil ta’lim soati – 38 soat, 5-kurs uchun umumiy o‘quv soati – 82 soat, shundan ma’ruza – 8 soat, amaliy mashg‘ulot – 36 soat, mustaqil ta’lim soati – 38 soat.

Tibbiy biologiya fakultetida umumiy o‘quv soati – 1 kurs uchun 95 soat, shundan ma’ruza – 18 soat, amaliy mashg‘ulot – 36 soat, mustaqil ta’lim soati – 41 soat.

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

O‘quv fanining maqsadi

Gigiena fani – mustaqil fan bo‘lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi.

O‘quv fanining vazifalari

  • Atrof muhit omillarini o‘rganish va ularni odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarni  aniqlash;
  • Olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigienik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish;
  • Ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbik qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish.

3.05.-Gigiena.-Tibbiy-ekologiyaDownload