KAFEDRA JAMOASI

«Atrof muhit gigiyenasi» kafedrasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi 2017-yilda TTA rektorining buyrug‘i asosida tashkil qilingan (2017 yil 23 maydagi 310-sonli).

Kafedrada “Mutaxassislikka kirish”, “Gigiyena. Tibbiy ekologiya”, “Radiatsion gigiyena”, “Harbiy gigiyena”, “Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya”, “Ekologiya va gigiyena”, “Gigiyena va ekologiya”, “Ekologiya” va “Hozirgi zamonning ekologik muammolari” fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Kafedrada Davolash ishi (2-kurs), Tibbiy-profilaktika ishi (1-, 2-, 5-kurslar), Pediatriya ishi (2-kurs), Oliy hamshiralik ishi (2-kurs), Fundamental tibbiyot (2-kurs), Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (2-kurs), stomatologiya (2-kurs), Biotibbiyot muhandisligi (3-kurs) va Farmatsiya (1-kurs) ta’lim yo‘nalishlarining talabalari tahsil olishadi. Shu bilan birga Qozon Davlat Tibbiyot Universiteti bilan qo‘shma dastur asosida 2-, 3-kurslar talabalariga “Gigiyena” fanidan mashg‘ulotlar olib boriladi.

Majburiy fanlardan tashqari kafedrada tanlov fanlari ham o‘qitiladi: Tibbiy-profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabalariga “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi”, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi, Menejment: Sog‘liqni saqlashda menejment ta’lim yo‘nalishi, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs talabalariga, Biotibbiyot muhandisligi ta’lim yo‘nalishlarining 4-kurs talabalariga “Atrof muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani o‘qitiladi.

Shuningdek, kafedrada “Gigiyena” va “Atrof-muhit va inson salomatligi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. “Atrof-muhit va inson salomatligi” magistratura mutaxassislarini tayyorlash chet el tajribasi asosida ishlab chiqilgan maxsus o‘quv dasturga muvofiq olib boriladi. O‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda olib borilmoqda. O‘quv jarayoniga Koreya universitetining Atrof-muhit salomatligi bo‘yicha yetakchi mutaxassislari jalb qilinib qilinmoqda (TMA va KUMS o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv va hamkorlik Memorandumiga asosan, 2017, 2024).

TDTU «Atrof muhit gigiyenasi» kafedrasini 2012 yildan beri tibbiyot fanlari doktori, professor Salomova Feruza Ibodullayevna boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada dotsentlar: t.f.n. Abdukadirova L.K., t.f.n. Sadullayeva X.A., t.f.d. Axmadaliyeva N.O., t.f.n. Sherqo‘ziyeva G.F., t.f.d Raximov B.B., katta o‘qituvchilar Sharipova S.A., PhD Toshmatova G.A., Mirsagatova M.R., assistentlar PhD Xakimova D.S., Nigmatullayeva D.J., Niyazova O.A., Sadirova M.Q., Qobiljonova Sh.R., Jalolov N.N., Imamova A.O., Yuldasheva F.U., Sultonov E.Yo., Qosimova X.T., Ikramova N.A., Abdirova A.M., Turdialiyev Sh.X., Norqulov S.J., Xadjayeva F.I., Li M.V., B.N.Ergashevlar ishlab kelmoqdalar.

Kafedra xodimlari tomonidan talabalar, o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash sohasining boshqa mutaxassislari uchun ko‘plab darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan.

Salomova Feruza Ibodullayevna

Raximov Baxodir Baxtiyorovich

Ahmadaliyeva Nigora Odilovna

Sadullayeva Xosiyat Abduraxmonovna

Abdukadirova Lola Kabulovna

Sherkuzieva Guzal Faxritdinovna

Toshmatovva Go‘zal Adilxodjayevna

Sharipova Sajida Axmetjanovna

 

Mirsagatova Mavluda Rixsillayevna

Xakimova Durdona Saydinovna

Nigmatullayeva Dilafruz Jurakulovna

Niyazova Olga Andreevna

Kobiljonova Shaxnoza Rustamovna 

Jalolov Nozimjon Nodir o‘g‘li

Imamova Akida Obidjon kizi 

Yuldasheva Firuza Umarovna

Sultonov Erkin Yoqubjon o‘g‘li

Sadirova Mexriban Quralbaevna

Qosimova Xilola Toxtapulatovna

Ikramova Nargiza ALisher qizi

Abdirova Aygul