Koreya Universitetiga TTAdan delegatsiya tashrifi

TTA rektorining 2019- yil 18 -yanvardagi № XXS-003 sonli  buyrug‘i va Koreya Universitetining (KU) “TTAda sog‘liqni saqlash sohasida ta’limni takomillashtirish” loyihasi  doirasidagi taklifnomasiga asosan TTAdan delegatsiya  KU ga tashrif buyurdi va 4- xalqaro simpoziumda ishtirok etdi.

“Atrof muhit va inson salomatligi” magistratura yo‘nalishi 2- kurs 13 nafar talabalari 4chi xalqaro akademik simpoziumda (The 4-th International Academic Symposium Collaborating Academic Research and Future Challenge in Public Health between Tashkent Medical Academy – Korea University) o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilib, magistrlik dissertatsiya ishi bo‘yicha  himoya oldi aprobatsiyasidan o‘tishdi.