5 iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

5 iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan TTA Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari tomonidan  “Xislat” maxallasi xududida joylashgan 120 sonli MTM da  “Men tabiat bilan birgaman deb nomlangan katta tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirning maqsadi kelajak avlodni tabiatni sevishga, uni asrab avaylashga,  yashab turgan yerimiz yakkayu yagona ekanligini o‘rgatish,  xamda atrof muxit -er, xavo suv – bizni o‘rab turgan ona tabiatga cheksiz muxabbat uyg‘otishdir.

Tadbir davomida   bolalar o‘rtasida “Men tabiat bilan birgamanmavzusida asfaltga va qog‘ozga  rasm chizish, “Men gullarni sevaman” mavzusida tuvakka gul ekish konkursi xamda “Spor-salomatlik garovi” sport musobaqalari o‘tkazildi.  Bolalar ijrosida  ona tabiat, yil fasillari, ona diyor xaqida she’r va ashulalar yangradi. Bolalar ijrosida  o‘yin kulgu va raqslar tadbirga yanada jo‘shqinlik bag‘ishladi.

Ishtirok etgan xar bir bolajon o‘yinchoq sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *