Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi o‘quv ishlari

Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi o‘quv ishlari

O‘quv jarayoni

Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida quyidagi talabalar ta’lim oladi:

Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida o‘quv jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Kafedrada tibbiy profilaktika ishi ta’lim yonalishining 1, 2, 5 – bosqich talabalari, davolash ishi, pediatriya ishi, fundamental tibbiyot, stomatologiya, Oliy hamshiralik ishi ta’lim yonalishlarining 2 – bosqich talabalari, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishining 2-, 3 – bosqich talabalari, Biotibbiyot muhandisligi ta’lim yo‘nalishining 3-, 4 – bosqich talabalari, Menejment: sogliqni saqlashda menejment, Kimyo  ta’lim yo‘nalishining 3–bosqich talabalari, farmatsiya ta’lim yo‘nalishining 1 – bosqich talabalari tahsil oladi. Shu bilan birga davolash ishi ta’lim yo‘nalishi 2-, 3-kurs xorijiy talabalari va Qozon davlat tibbiyot universiteti bilan hamqorlikdagi qo‘shma dastur asosida 2-, 3- kurs talabalariga ham Gigiyena fanidan dars o‘tiladi.

 

Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yonalishining umumiy o‘quv soati – 1 kurs uchun 180 soat, shundan ma’ruza – 24 soat, amaliy mashg‘ulot – 66 soat, mustaqil ta’lim soati – 90 soat, 2 kurs uchun – 360 soat, shundan ma’ruza – 36 soat, amaliy mashg‘ulot – 116 soat, laboratoriya – 28 soat, mustaqil ta’lim soati – 180 soat; 3 kurs uchun  tanlov fanida 90 soat, shundan ma’ruza – 12 soat, amaliy mashg‘ulot – 33 soat, mustaqil ta’lim soati – 45 soat, 5-kurs uchun umumiy o‘quv soati – 60 soat, shundan ma’ruza – 12 soat, amaliy mashg‘ulot – 48 soat,

Davolash ishi ta’lim yonalishining umumiy o‘quv soati –2-kurs uchun 180 soat, shundan ma’ruza – 18 soat, amaliy mashg‘ulot – 72 soat, mustaqil ta’lim soati – 90 soat. Pediatriya ishi ta’lim yonalishining umumiy o‘quv soati –2-kurs uchun 180 soat, shundan ma’ruza – 24 soat, amaliy mashg‘ulot – 66 soat, mustaqil ta’lim soati – 90 soat.

Fundamental tibbiyot ta’lim yonalishida umumiy o‘quv soati – 2 kurs uchun 90 soat, shundan ma’ruza – 10 soat, amaliy mashg‘ulot – 35 soat, mustaqil ta’lim soati – 45 soat.

Oliy hamshiralik ishi ta’lim yonalishining umumiy o‘quv soati –2-kurs uchun 60 soat, shundan ma’ruza –8 soat, amaliy mashg‘ulot – 22 soat, mustaqil ta’lim soati – 30 soat. Stomatologiya ta’lim yonalishining umumiy o‘quv soati –2-kurs uchun 120 soat, shundan ma’ruza – 12 soat, amaliy mashg‘ulot – 48 soat, mustaqil ta’lim soati – 60 soat.

Farmasiya ta’lim yonalishida umumiy o‘quv soati – 1 kurs uchun 120 soat, shundan ma’ruza – 30 soat, amaliy mashg‘ulot – 30 soat, mustaqil ta’lim soati – 60soat.

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yonalishida umumiy o‘quv soati – 2 kurs uchun 120 soat, shundan ma’ruza – 30 soat, amaliy mashg‘ulot – 30 soat, mustaqil ta’lim soati – 60 soat; 3 kurs uchun tanlov fanida 90 soat, shundan ma’ruza – 20 soat, amaliy mashg‘ulot – 25 soat, mustaqil ta’lim soati – 45 soat.

Biotibbiyot muhandisligi ta’lim yonalishida umumiy o‘quv soati – 3 kurs uchun 120 soat, shundan ma’ruza – 30 soat, amaliy mashg‘ulot – 30 soat, mustaqil ta’lim soati – 60soat; 4 kurs uchun 60 soat, shundan ma’ruza – 12 soat, amaliy mashg‘ulot – 18 soat, mustaqil ta’lim soati – 30soat.

Menejment: sogliqni saqlashda menejment ta’lim yonalishida umumiy o‘quv soati – 3 kurs uchun 120 soat, shundan ma’ruza – 18 soat, amaliy mashg‘ulot – 42 soat, mustaqil ta’lim soati – 60soat.

Kimyo ta’lim yonalishida umumiy o‘quv soati – 3 kurs uchun 90 soat, shundan ma’ruza – 26 soat, amaliy mashg‘ulot – 19 soat, mustaqil ta’lim soati – 45soat.

 

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

O‘quv fanining maqsadi

Gigiyena fani – mustaqil fan bo‘lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi.

O‘quv fanining vazifalari

  • Atrof muhit omillarini o‘rganish va ularni odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarni  aniqlash;
  • Olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish;
  • Ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish.