Toshkent tibbiyot akademiyasi Atrof muhit gigiyenasi kafedrasining Qozog‘iston  Respublikasi «Astana Tibbiyot Universiteti» bilan xamkorligi

Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’limni modernizatsiya qilish, xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, shuningdek, ta’lim olayotgan yoshlarga zamonaviy bilim berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida 2023-yilning 20-24 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi «Astana Tibbiyot Universiteti» jamoat salomatligi  va gigiyena kafedrasi katta o‘qituvchilari  Zeynoldina Aygul Serikbaykыzы va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasiga tashrif  buyurishdi. Zeynoldina Aygul Serikbaykizi va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari bilan tanishuvlaridan so‘ng davolash fakulteti talabalari bilan amaliy mashg‘ulot darslarini boshlab yuborishdi. Xafta davomida 2023 yilning 20-24 noyabr kunlari Zeynoldina Aygul Serikbaykizi va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasida “Gigiyena. Tibbiy ekologiya” fanidan belgilangan reja bo‘yicha talabalar orasida integral ma’ruza, master klasslar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *