OITSga qarshi kurash kuni

Atrof muhit gigiyena kafedrasi hodimlari tomonidan 1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurash kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir – talaba yoshlarni asr vabosi bo‘lmish OITSga qarshi ekanliklarini namoish etish hamda har qanday kasallikni oldini olish – bu sog‘lom turmush tarzi bilan yashash ekanligini uqtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir “VICh infeksiyasi—nima?” mavzusidagi film namoishi bilan boshlandi. Kafedra mudiri t.f.d. F.I.Salomova talabalarga kirish so‘zi bilan murojaat etib OITS ning dunyo miqyosida va O’zbekistonda tarqalganlik haqida gapirdi. Kafedra dotsenti L.K.Abdukadirova yig‘ilgan talabalarga OITS kasalligining klinik kechishi va OITS kasalligini oldini olish chora tadbirlari haqida gapirdi. Shundan so‘ng fakultetlararo “Biz OITSga qarshimiz-Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida viktorina savol-javoblari o‘tkazildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *