Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlab tashkillashtirilgan tadbirdan lavhalar

Taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim  she’riyati  uning ibratli hayot yo‘li  yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. Zulfiyaxonim hayot tarzi va uning she’riyatni rivojlanishdagi ulkan hissasini chuqurroq o‘rganish maqsadida Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti  2 kurs talabalari, 1,2-Davolash fakultetining 2 kurs talabalari o’rtasida  “Atrof muhit gigiyenasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoira, jurnalist, tarjimon Zulfiyaxonimning tavalludining 93 yilligiga bag‘ishlangan  adabiy-badiiy kechani o‘tkazilildi.

Tadbir 2022 yilning 02 mart kunida bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda  Zulfiyaxonimning betakror she’riyati, o‘zbek  xalqining urush davri va urushdan keyingi turmush tarzi, xalqdan chiqqan alamli dardlari aniq aks ettirilgan she’riy to‘plami bilan sheriyatni rivojlanishida o‘z  hissasini qo‘shdi. Zulfiya hayotini bir qismini Hamid Olimjonning adabiy ishlarini o‘rganishga va nashr etishga bag‘ishladi. Insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

A.S.Pushkin , M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, M.Voqif, L.Ukrainka, M.Dilboziy kabi bir qancha atoqli yozuvchilarni she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Uning asarlari qardosh turkiy xalqlar tillarida xam nashr etilgan. Zulfiyaxonim bir qancha mukofot va ordenlar sohibasi bo‘lgan. Talabalarni Zulfiya she’riyatiga alohida e’tibor berib uning she’rlarini yod biladigan talaba qizlarimiz tomonidan Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlar o‘qildi. Kecha yakunida faol bo‘lgan talaba yoshlar  taqdirlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *