Biz haqimizda

Kafedra haqida

Umumiy va radiatsion gigiena kafedrasi 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti qoshida tibbiyot fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraning asoschisi professor G.N. Pinegin bo‘lib, 1920 yildan 1927 yilgacha kafedraga rahbarlik qilgan. 1928- 19291y. va 1936-1937 yy.. Kafedra mudiri bulib prof. Aleksey Vasilevich  Georgievskiy ishlagan.  1928 yildan 1936 yilgacha kafedraga avval dotsent, so‘ngra professor S.D. Bautin rahbarlik qilgan. Kafedraga 1937 yildan 1941 yilgacha esa kafedraga prof. Petrova M.A. rahbarlik qilgan. Bu davrda umumiy gigienaning tarkibiy qismlari sifatida ko‘pgina profil gigienik kafedralar shakllana boshlangan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida kafedra prof. Moiseev S.V. tomonidan boshqarilgan; bu davrda kafedrada dos. Magniskiy M. V. ham faoliyat yuritgan.  1944 yildan 1966 yilgacha kafedrani universitet tibbiyot fakultetining birinchi bitiruvchilaridan bo‘lgan prof. Babadjanov S.N. boshqargan. Ular ishtirokida kafedra tarkibiga 1963 yili maxsus – radiatsion gigiena bo‘limi kiritilgan, shundan so‘ng kafedra “Umumiy va radiatsion gigiena” nomini olgan. 1967  yildan 1977 yilgacha kafedraga sobiq ittifoq MFA muxbir a’zosi, t.f.d., prof.  A.Z.Zaxidov rahbarlik qilgan. 1978 yildan 1990 yilgacha kafedra prof. N.S.Tadjibaeva tomonidan boshqarilgan.  1990 yilning sentyabridan ToshDavTI ikkita institutga bo‘lingach, 2-ToshDavTIning umumiy va radiatsion gigiena kafedrasiga avval dotsent, so‘ngra professor lavozimida ishlagan L.A.Ponomareva mudirlik qilgan.   2012 yildan kafedraga t.f.d. Salomova F.I. rahbarlik qilib kelmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi va  Koreya Universiteti o‘rtasida 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan “Ekologiya va inson salomatligi” xalqaro ilmiy granti hamda shu grant doirasida MEMORANDUM imzolanishi akademiyada ushbu vazifalarni bajarishda amalga oshirilayotgan ishlarning biri sifatida e’tirof etish mumkin.

MEMORANDUM asosida Koreya Respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hamkorligida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorining 2017 yil 23 mayidagi 310 sonli buyrug‘i bilan “Umumiy va radiason gigiena” kafedrasi nomi  “Atrof muhit gigienasi”  o‘zgartirildi, hamda 2017-2018 o‘quv yilidan “Atrof muhit va inson salomatligi” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash boshlandi.