M.Ospanov nomli g‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti bilan hamkorlik

Atrof muhit gigiyenasi kafedrasining xalqaro hamkorlik doirasi yanada kengayib,2022 yilning  9- noyabrida M.Ospanov nomli G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti  “Umumiy gigiyena” kafedrasi dotsenti  Moldayazova Lyazzat Tinishtikovna  Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasiga tashrif buyurdi. Tashrif   davomida L.T.Moldayazova kafedra pedagoglari bilan talabalarga integral ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslarini o‘tkazdi.