“Ustozim – hayotim chirog‘i” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati

30.09.22. куни  Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi hamda Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligini saqlash fakulteti hamkorligida 1oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan talaba yoshlar o‘rtasida  davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni  Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi ma’naviyat ishlari bo‘yicha ma’sul L.K.Abdukadirova ochib berdi va so‘zni  Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligini saqlash fakulteti dekani hamda  Atrof muhit gigienasi kafedrasi mudiri  t.f.d. F.I.Salomovaga berdi.

 

Feruza Ibadullaevna   ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog hodimlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklab, eng ezgu tilaklarini izhor etdi.

 

Shundan so‘ng  talabalar so‘zga chiqib:  “ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz bizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va domlalarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta’zim qilamiz”, deya ustozlarni tarannum etuvchi sh’erlar o‘qib berdilar. Davra suxbati juda qiziqarli va yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *