2023 yilning 10 mart kuni Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida “Toshkent tibbiyot akademiyasida kredit – modul’ tizimida o‘qitish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar kredit – modul’ tizimida o‘qitish va TTA rektorining 2023 yil 2 fevraldagi “TTA da kredit modul tizimida tahsil olayotgan talabalar tomonidan qoldirilgan va o‘zlashtirilmagan mashg‘ulotlarni qayta topshirish tartibini tasdiqlash” to‘g‘risidagi 23 sonli buyrug‘ining mazmuni va ijrosiga bag‘ishlandi.