Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi-Koryo Universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Ilmiy –tadqiqot markazi”ga 2019- yil 18- dekabr kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisining birinchi kotibi Kang Minso tashrif buyurdi. Tashrif davomida koreyalik hamkorlar bilan ilmiy markazni ish faoliyati bilan tanishib chiqdi. “Ilmiy –tadqiqot markazi”dagi laborotoriya xonalari va o‘quv xonalari bilan tanishib chiqildi.
2019-yil 28-30-avgust kunlari Koryo Universiteti “Atrof-muhit va inson salomatligi” kafedrasi professori Kyung Xi Kim tashrif buyurdi. Professor Kyungxi Kim tashrif mobaynida Atrof-muhit gigienasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda TMA-KU hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot markazida 2019-2020 o‘quv yilida o‘quv jarayonini samarali olib borish maqsadida magistr va bakalavr talabalariga tasdiqlangan o‘quv rejaga asosan fanlarni o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlarini takomillashtirish va ularni salmog‘ini oshirishga yo‘naltirilgan Workshop o‘tkazdi.
Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasiga 2019 -yil 28 -oktyabr- 1noyabr kunlari Koryo Universiteti “Atrof-muhit va inson salomatligi” kafedrasi professori Oh in-Sung tashrif buyurdi. 2019 yil 25noyabr- 29noyabr kunlari esa Koryo Universiteti qoshidagi Atrof muhit va ishlab chiqarish analitik laborotoriya menendjeri Sunyoung Kim tashrif buyurdi.
2019- yil 25-noyabr kuni Sunyoung Kim Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi 1-2 kurs magistr talabalariga «Ishchilarga ta’sir etuvchi omillarni ergonometrik, fizik, kimyoviy, bilogik usullar yordamida baholash» mavzulari bo‘yicha ma’ruza olib bordi. Sunyoung Kim ma’ruza davomida AA-700 Seriyali Atom absorbsion spektrofotometrda namunalarni tahlil qilish usullari, bu apparaturani ishlash prinsiplarini to‘liq tushuntirib berdi.
2022- yilning 16- noyabrida Toshkent tibbiyot akademiyasida Koryo Universiteti bilan hamkorlikda “Atrof muhit muhofazasining dolzarb muammolari va inson salomatligi” mavzusida xalqaro ishtirok bilan Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Xalqaro anjumanda Koreya davlatidan Choi Jaye Wook, Kyong Hee Kim, Yang Song Il, Lee Dong-hyun, Sach Chi, Kim Gaee, Choi Hyun- jung, Yerin Lee, Lee D-hae, Park Ji-ah, Seol-ah Won, Lee Ji-in, Dr. Kim Eok lar ishtirok etdilar.
Bundan tashqari xalqaro anjumanda Hindiston Sarvadaya klinikasidan-Viresh Maxayan, Rossiya Federatsiyasidan bir qancha ishtirokchilar jumladan; Novosibirsk gigiyena ilmiy-tadqiqot institutidan- Novikova Irina Igorevna, Chuenko Natalya Fedorovna, Fedina Irina Nikolayevna- FGBNU “Akademik N.F. Izmerov nomidagi Mehnat tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituti “, Mingazov Ildar Fayzraxmanovich, “Novosibirsk gigiyena ilmiy -tadqiqot institute”, Vetrova Ol’ga Viktorovna”F.F. Erisman nomidagi Federal gigiena ilmiy markazi”dan, Qozog‘iston Respublikasi-Moldayazova Lyazzat Tinishtikovna “M.Ospanov” nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti”dan, Qozon davlat tibbiyot universitetidan t.f.n. Rahimzyanov Al’frit Rauilovich o‘z ma’ruzalari bilan onlayn tarzda ishtirok etdilar.
Hamkorlikda tashkil etilgan ilmiy amaliy anjumanga Buxoro tibbiyot instituti, Samarqand Davlat tibbiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Farg‘ona tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Toshkent Stomatologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar innovatsiya markazi Davlat unitar korxonasi, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar SEO va JSX, Respublika sanitariya osoyishtalik epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmatidan xam mutaxassislar onlayn tarzda ishtirok etdilar. Anjumanda BIMM tarmoq markazi va Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tinglovchilari offlayn qatnashdilar.
Shuningdek , 2023 yil 13-16 mart kunlari Koreya Respublikasi Koryo Universiteti hamkorligida Turkmaniston tibbiyot Universiteti, Qoraqalpog‘istan tibbiyot instituti va TTA “Atrof muhit gigiyenasi” hamkorligida “Программный пакет SPSS и его исползование медицинское статистике” nomli konferensiya bo’lib o’tdi.