2024-yil 13-yanvar kuni Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi hamda Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligini saqlash fakulteti 5 kurs talabalari hamkorligida 14 yanvar – Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan talaba yoshlar o‘rtasida kafedrada tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi mudiri professor F.I.Salomova ochib berdi.
Feruza Ibodullaevna kafedrada faoliyat olib borayotgan erkak pedagoglar va talaba yigitlarni kirib kelayotgan bayram bilan chin yurakdan tabriklab, eng ezgu tilaklarini izhor etdilar.
1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda bilim olayotgan talaba yigitlarni xam bayram kunlari ekanligini aytib o‘tdilar. Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Kafedramiz nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklab ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tiladilar. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayrati bilan faoliyat olib borishlariga tilaklar bildirdilar.