“BIZ BIR BO‘LSAK YAGONA XALQMIZ – BIRLAShSAK VATANMIZ!”

TTA tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi va kimyo fakulteti dekani kafedra mudiri F.I.Salomova kafedradagi barcha professor-o‘qituvchilarini va barcha tinglovchi talabalarni eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi va yangi o‘quv yili bilan 2-kurs talabalarini qo‘shaloq bayramlari bilan tabriklab, mustaqilligimizning barcha ne’matlari haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev  olib borilayotgan oqilona siyosati haqida hamda TTA da talabalar bilim olishlari uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar haqida so‘zladi va  o‘z so‘zini barchaga yangi o‘quv yilida sihat salomatlik, yaxshi kayfiyat tiladi. Shuningdek  bu yilgi mustaqillik bayrami tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkazildi.

Ma’lumki, har bir kunning o‘zgacha fayzi bor. Har soniyada hikmat yashirin. Hayot qadri yorqin lahzalarda ifoda topadi. Odam avlodlarini obod va farovon kunlar shukuhi chorlab turadi. Ammo bularning bari faqat ozodlik ruhi va erkin yashash taqdiri bilangina haqiqatdir. Shu bois, insoniyat hamisha hurlik uchun kurashib kelgan. Shu bois, hayotning asl qadr-qimmati sanalgan, dunyodagi eng totli, eng jarangli so‘z – OZODLIK, MUSTAQILLIKni ulug‘laydi, sharaflaydi va 1-sentabr Mustaqillik kuni xalqimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallagan har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida nishonlanib kelayatganligini haqida gapirdi.

Shundan so‘ng so‘zga kafedra ma’naviyat ishlariga mas’ul L.K.Abdukadirova chiqib, “Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir” bunda el- yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qolishi to‘g‘risida gapirdi.

Yoshlar “Bizning bobolarimiz istiqlol orzusida kurashgan, o‘zini ayamagan, biz mustaqillik uchun nima qilyabmiz” deb o‘ziga savol berishi zarur. Mustaqillikning mustahkam zamini nima o‘zi? Avvolo, vatanparvarlik, bilim, ma‘naviyat jamiyatimizda shukronalik ruhini kuchaytirishimiz kerakligi haqida gapirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *