So‘z boshida TTA tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi va kimyo fakulteti dekani kafedra mudiri F.I.Salomova kafedradagi barcha professor-o‘qituvchilarini va barcha tinglovchi talabalarni eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasining o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yillik bayrami bilan tabrikladi. Ona tili – millatning ruhidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan. Shu tariqa oʻzbek tili mustaqil davlatimizning Bayrogʻi, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Ona tilimiz – oʻzbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi.
2019-yil 21-oktabr kuni Davlatimiz rahbari “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Xususan, 21-oktabr yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
2-davolash ishi 208 a-guruh talabalari ishtirokida 21-oktyabr O’zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan “Ona tilim — jon-u dilim!” mavzusi bo‘yicha prezentatsiya namoyish qilishdi. Slayd namoyishidan so‘ng talabalar o‘rtasida she’rlar, musiqiy chiqishlar va bugungi tadbir mavzusida viktorina savollari olib borildi. Viktorina savollari g‘oliblariga esdalik sovg‘alar berildi.