XALQARO HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro xamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafedralar oldiga qo‘yilgan  rejalarni sifatli bajarish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan ishlar davom etmoqda. Jumladan, Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi TTA-Koreya Universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum asosida o‘quv jarayonga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish borasida mustahkam aloqalarni davom ettirilmoqda.

Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida 2025 yil 07 fevral kuni Janubiy Koreyaning Koryo Universiteti professori  Choi  Jae Wook bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi mudiri, professor F.I.Salomova rahbarligida 2025 yil davomida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi tuzildi. Unga ko‘ra Xorijiy universitetlarda ma’ruza, seminar, mahorat darslari va master klasslarni o‘tkazish, xorijga malaka oshirishga pedagog-xodimlarni yuborish, ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, xalqaro tadbirlar (konferensiya, kongresslar, simpoziumlar) tashkil etish va o‘tkazish, xorijiy hamkorlar bilan ilmiy va o‘quv mahsulotlarini yaratish, qo‘shma monografiya va ilmiy maqolalar chop etish rejalari  belgilab olindi.

Professor  Choi  Jae Wook “Atrof-muhit va inson salomatligi” mutaxassisligida ta’lim olayotgan  2-kurs magistr talabalarini o‘qitish jarayoni bilan qiziqdi va tegishli maslahatlarni berib o‘tdi.

Kafedra mudiri va xodimlar davomiy hamkorlik uchun Jae Wook Choiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *