Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi professor-o’qituvchilari 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ni munosabati bilan ustozimiz fahrimiz, hurmatli professor Lyudmila Aleksandrovna Ponomarevaning uylariga tashrif buyurib, ularni salomatliklaridan habar oldilar. Lyudmila Aleksandrovna Ponomareva tibbiy-profilaktika yo’nalishida o’z maktabini yaratgan buyuk ustozlardan biri hisoblanadi. Ponomareva L.A. 1962 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining sanitariya-gigiyena fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1968 yilda imtiyozli diplom bilan tugatadi. 1990-yil sentabr oyidan Toshkent Davlat tibbiyot instituti ajralib chiqqandan so‘ng dastlab Ikkinchi
Toshkent Davlat tibbiyot instituti, so‘ngra Toshkent tibbiyot akademiyasining umumiy va radiatsion gigiyena kafedrasini boshqargan. 2012-2013 o’quv yilida Ponomareva L.A. shu kafedrada professor lavozimida ishlagan. Ponomareva L.A. 1972 yilda “Organik xlorli pestitsidlarning organizmning immunitet tizimiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1992 yilda Sankt-Peterburgda “Atrof-muhitni nitrozlashtiruvchi birikmalar va pestitsidlar bilan ifloslanishining gigiyenik jihatlari va ularning saraton kasalligining paydo bo’lishidagi roli” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan Ponomareva L.A., 1993 yilda professor ilmiy unvonini oldi. Ustozimizni umrilari uzoq bo’lsin, shogirdlariga ilm yo’llarini o’rgatishda charchash nima bilmasinlar.