“Xalqaro sayg’oqlar kuni”

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Atrof  muhit gigiyenasi kafedrasida 5 may – “Sayg’oqlarni himoya qilish kuni” ga bag’ishlangan “Xalqaro sayg’oqlar kuni”nomli tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu san  a 2010 yilda Qozog’iston, O’zbekiston va Rossiya vakillari ishtirokida “SOS Saygak” dasturi doirasida o’tkazilgan konferensiyada ta’sis etilgan. Har yili 5 may kuni ushbu noyob hayvonlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor beriladi, ma’rifiy tadbirlar o’tkaziladi.
Tadbir boshida kafedra mudiri, professor Salomova F. I. so’zga chiqib saygaklarni— yo’q bo’lib ketish arafasida turgan noyob antilopa ekanligini takidlab o’tdilar.  Saygaklar O’zbekiston qizil kitobiga, xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining (IUCN) qizil ro’yxatiga va CITES II ilovasiga (yo’qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to’g’risidagi Konvensiyaga) kiritilgan.

Ilgari sayg’oq juda ko’p edi, ammo 1990-yillardan beri ularning soni 99,5 foizga kamaydi. Yashash joyi bir nechta mamlakatlarni qamrab oladi: Qozog’iston, Rossiya, Qirg’iziston, Mo’g’uliston, Turkmaniston va O’zbekiston. Sayg’oqlar populyatsiyasini tiklash maqsadida 2016 yilda Qoraqalpog’istonning Mo’ynoq va Qo’ng’irot tumanlarida umumiy maydoni 848,1 ming gektar bo’lgan “Sayg’och” kompleks (landshaft) qo’riqxonasi, shu jumladan 219,8 ming gektar maydondagi qo’riqlash zonasi tashkil etildi.
Bundan tashqari, O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida sayg’oqlarni saqlash, tiklash bo’yicha o’zaro anglashuv memorandumi, shuningdek ularni muhofaza qilish va ko’paytirish bo’yicha hukumatlararo bitim imzolandi.
Tadbirda talabalarga ushbu hayvonlar haqida taqdimot shaklida ma’lumot berildi, savol-javob tanlovi o’tkazildi, sayg’oqlar haqida video-rolik namoyish etildi. Ushbu go’zal hayvonlar haqidagi eng ta’sirli lahza talaba o’qigan she’rda ifodalangan. Tadbir oxirida tayyorlangan afishada hamma sayg’oqlarni qanday saqlash haqida tilaklar qoldirdi.
Keling, bu ajoyib hayvonlarni saqlaylik!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *