“Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf”

     Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag`ishlab 🎖🎖🎖“Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo’qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo’la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.
Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g’oya targ’ibiga bag’ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ’ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
9-mayni Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotadi.
Tadbirda talabalarga II jahon urushida qatnashgan Oʻzbekistonliklar haqida ma’lumotlar berildi, jumladan, O’zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo’lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo’ldi. Bu urushda jalb qilingan o’zbeklar, o’zbeklarni gʻalaba uchun yordami, jasorati talabalarga kuch quvvat beradi.

Bundan tashqari Lyudmila Aleksandrovna Ponomareva ustozimizni ilim yo’llari ham xotirlab o’tildi. Lyudmila Aleksandrovna Ponomareva tibbiy-profilaktika yo’nalishida o’z maktabini yaratgan buyuk ustozlardan biri hisoblanadi. Ponomareva L.A. 1962 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining sanitariya-gigiyena fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1968 yilda imtiyozli diplom bilan tugatadi. 1990-yil sentabr oyidan Toshkent Davlat tibbiyot instituti ajralib chiqqandan so‘ng dastlab Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti, so‘ngra Toshkent tibbiyot akademiyasining umumiy va radiatsion gigiyena kafedrasini boshqargan. 2012-2013 o’quv yilida Ponomareva L.A. shu kafedrada professor lavozimida ishlagan. Ponomareva L.A. 1972 yilda “Organik xlorli pestitsidlarning organizmning immunitet tizimiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1992 yilda Sankt-Peterburgda “Atrof-muhitni nitrozlashtiruvchi birikmalar va pestitsidlar bilan ifloslanishining gigiyenik jihatlari va ularning saraton kasalligining paydo bo’lishidagi roli” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan Ponomareva L.A., 1993 yilda professor ilmiy unvonini oldi, 2001 yilda “Faxriy professor” diplomi bilan taqdirlandi. O‘zining fidokorona faoliyati bilan talaba va yosh mutaxassislar qalbida o‘chmas iz qoldirgan professor-o‘qituvchilar haqida xotira darslari tashkil etildi
O’tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *