Koreya Universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida navbatdagi malaka oshirish kurslari Koreya Respublikasining Sejong shahrida joylashgan Sejong atrof-muhit texnologiyalarini rivojlantirish kompaniyasi (세종환경기술개발) bazasida bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu safar doirasida Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi dotsenti, t.f.d. B.B. Raximov uchun asbestdan namuna olish hamda uni laboratoriya sharoitida tahlil qilish mavzusida malaka oshirish mashg‘ulotlari, shuningdek, kafedraning «Atrof muhit va inson salomatligi» mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar uchun mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.







