“TDTU- KU” ilmiy tadqiqot markazida 2026 yil 20 fevral kuni Koryo Universiteti professori Choi Jae Wook Atrof muhit gigienasi kafedrasi professor o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Suhbat davomida professor Choi Jae Wook 2026 yil uchun hamkorlikda bajarilshi kerak bo‘lgan ishlarni rejalari bilan tanishtirib o‘tdi.
Unga ko‘ra rejalashtirilgan konferentsiyalarda ishtirok etish, yangi loyihalar jumladan Asbest haqida bir qancha fikrlarni aytib o‘tdilar. O‘zbekiston sharoitida Asbest ishlab chiqarish va unga doir yangiliklar haqida qisman gapirib o‘tidalar. Bundan tashqari har bir magistr talabani ilmiy ishlari mavzusi va ilmiy ishda bajarilishi rejalashtirilayotgan vazifalar, kutilayotgan ilmiy yangiliklari bilan tanishib chiqdi. Hamkorlikda chop etilgan «Sanoat gigiyenasi» kitobini yangilangan holda rus tilida chop etish bo‘yicha kelishib olindi. Magistr talabalarning har biri o‘z ilmiy ishlarini mazmunini va amalda bajargan tadqiqot ishlarini, tahlil qilishda foydalanilgan usullar va tanishib chiqilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlar haqida aytib o‘tdilar. Suhbat yakunida professor Choi Jae Wook “Atrof muhit gigiyena”si kafedrasida tashqil etildigan aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv uslubiy konferentsiyalar ishtirok etishlari haqida mamnuniyat bilan fikr bildirdilar.


