70910402 Atrof muhit va inson salomatligi magistratura mutaxassisligi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari Sizlarni bakalavriatura ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli yakunlaganingiz bilan chin qalbdan tabriklaydi!

http://eh.medprof.tma.uz/uz/

Hozir sizning oldingizda bir muhim tanlov – tor mutaxassislikni tanlash turibdi.  Tor mutaxassislik Oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – magistratura bosqichi hisoblanadi. Toshkent tibbiyot akademiyasining Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari siz azizlarni kafedramizdagi magistratura bo‘yicha 70910402 – «Atrof muhit va inson salomatligi» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga taklif qiladi! 2016 yildan kafedra Koreya universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. O‘zR Prezidentining 2017 yil 5 maydagi 2955-sonli “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2017-2018 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi Koreya Universiteti bilan hamkorlikda «Atrof muhit va inson salomatligi» magistratura muxassisligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash amalga oshirilmoqda. Magistratura mutaxassisligida ta’lim davomiyligi 2 yil.

«Atrof muhit va inson salomatligi» magistratura mutaxassisligida Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishini bitirgan talabalar tahsil olishlari mumkin.

Bizning kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasidagi yetakchi va ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan kafedralardan biridir.

Seminar mashg‘ulotlari va rotatsiyalar quyidagi bazalarda olib boriladi:

– O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  va jamoat salomatligi qo‘mitasida;

-Toshkent shahar sanitarno-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasida;

– Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-o‘quv binosidagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan TMA-KU ilmiy – tadqiqot markazida.

«Atrof muhit va inson salomatligi» mutaxasissisligi magistratura dasturi direktori – tibbiyot fanlari doktori, professor Salomova F.I.

Moderator: tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sadullayeva X.A.

2 yil davomida sizlar kafedramiz mudiri, TTA Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi va kimyo fakulteti dekani, tibbiyot fanlari doktori, professor Salomova F.I., Toshkent tibbiyot akademiyasining 2016 yildan buyon xorijiy hamkorlarimizdan biri va Dunyoda reyting bo‘yicha birinchi 100 talikka kiradigan Koreya Universiteti professorlari Je Uk Choy, Kenghi Kimlarning ma’ruzalarini tinglashingiz va sizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Ta’limning 2 kursida o‘zingizning olib borgan ilmiy-tadqiqotlaringiz natijalarini Koreya Universitetida himoya qilish sharafiga muyassar bo‘lishingiz mumkin.

Shuningdek, kafedramiz professor-o‘qituvchilari rahbarligi ostida magistrlik ilmiy ishini amalga oshirishingiz mumkin.

Sizlarni kafedramizda kutib qolamiz!

-Qo‘shimcha malumotlar uchun telefon:

+ 99871-150-78-27

+99891-166-41-14

+99897-784-84-71 telefon orqali .

-Bu yil TTA magistratura mutaxassisligiga hujjatlar on-layn tartibda http://magistr.edu.uz./saytida qabul qilinadi.

-Faqatgina 3 ta hujjat topshirishingiz mumkin :

-Oliy o‘quv yurtini tugatganligingiz haqidagi diplom

-Diplom baholari ko‘rsatilgan hujjat

-Xorijiy til sertifikati.