Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’limni modernizatsiya qilish, xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, shuningdek, ta’lim olayotgan yoshlarga zamonaviy bilim berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida 2023-yilning 20-24 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi «Astana Tibbiyot Universiteti» jamoat salomatligi va gigiyena kafedrasi katta o‘qituvchilari Zeynoldina Aygul Serikbaykыzы va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasiga tashrif buyurishdi. Zeynoldina Aygul Serikbaykizi va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari bilan tanishuvlaridan so‘ng davolash fakulteti talabalari bilan amaliy mashg‘ulot darslarini boshlab yuborishdi. Xafta davomida 2023 yilning 20-24 noyabr kunlari Zeynoldina Aygul Serikbaykizi va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasida “Gigiyena. Tibbiy ekologiya” fanidan belgilangan reja bo‘yicha talabalar orasida integral ma’ruza, master klasslar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.