Shuningdek hamkorlik o’z samarasini bergan holda, 2020-yil 10-yanvarda Koreya davlatida Koreya Universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi hamkorligida oltinchi halqaro simpozium “International Symposium on Public Health, Tashkent Medical Academy-Korea University” bo’lib o’tdi.
2020- yil 10-dekabrda esa Toshkent shahrida Koreya Universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi hamkorligida “Topical issues of environmental protection and public health during the coronavirus pandemic (Covid-19)” nomli yettinchi onlayn “Zoom” konferensiya bo’lib o’tdi.
Sakkizinchi konferensiya 2021- yilning 3-dekabrida Toshkent shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasida Koryo Universiteti bilan hamkorlikda “Profilaktik tibbiyot muammolari” mavzusida xalqaro Respublika ilmiy amaliy onlayn (gibrid) konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2023- yilning 24-noyabrida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Koreya Universiteti hamkorligida “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi 10-Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Tojikiston respublikalaridan sohaning yetakchi olimlari ishtirok etdilar.Dunyo miqyosi va Respublikamizda ekologiya, atrof-muhitni muhofazasiga bogʼliq dolzarb muammolar va uni hal etish borasidagi maʼruzalar eshitildi. Аnjumanda Rae Kwon Chung Nobel mukofotining laureati ham maxsus maʼruza bilan qatnashdi.