“USTOZLIK – QADRI BUYUK MUALLIM”

Yangi davr, yangi texnologiyalar va hayotning turli sohalaridagi yutuqlari bilan teng dinamik rivojlanishdagi zamonaviy davr olimlari, tadbirkorlar va rassomlar kabi inovatorlardan hayratda qolamiz, hurmat qilamiz. Biroq ba`zida biz taraqqiyotning sokin qahramonlarini nohaq unutamiz. Bu taraqqiyotning sahnasi ortida ishlaydiganlar bizning o‘qituvchilarimizdir. Haqiqat juda oddiy – ta`lim muhim bo‘lgani kabi, o‘qituvchilarning jamiyatdagi o‘rni ham juda muhimdir.

Yaxshi ta`lim va zahmatkash o‘qituvchilarsiz jamiyat rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan biron bir sohada, ilm-fandan san`at va texnologiyaga qadar hech birida taraqqiyotga erishish mumkin emas.

Prezidentimiz Jamiyatimizda bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ilimiy-ijodiy ziyollilarini bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessansning to‘rt tayanch ustuni deb e’tirof etmoqdamiz. Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir.

1996-yil 27-dekabrda “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” hamda u bayram (dam olish) kuni deb e’lon qilingan.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o‘zining bir qator ma’ruzalarida Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men  ishonaman – hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar. Va bu ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun bo‘ladi, desam, o‘ylaymanki, sizlar to‘la       qo‘llab-quvvatlaysizlar.”-deb, bejiz ta’kidlamadilar.  Xulasa qilib shuni aytish mumkinki, o‘qituvchilar o‘zlarining yagona kasblari o‘qitish ekanligini his qilishadi va hatto noqulay sharoitlarda ham o‘zlarining shogirtlariga bag‘ishlashadi. Demak yaqxshi o‘qituvchi aslida o‘z kasbini hayot mazmuni deb biladi. Xitoy mutafakkiri Konfutsiy aytganidek, “hayotda shunday insonlar bo‘ladiki, ular sohasini sevgani bois unda ishlamaydi, balki yashaydilar”. Ilmiy salohiyati yuksak, bilim va mahorati e`tirofga loyiq ustozlar aynan shu toifaga kiradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *