Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi va kimyo fakulteti Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida О‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi, shoira Zulfiyaxonimning tavallud kuniga bag‘ishlangan “ZULFIYA О‘ZBEK SHE’RIYATINING YULDUZI” nomli tadbir о‘tkazildi.
Tadbirda kafedra mudiri, professor Salomova Feruza Ibodullayevna, kafedra xodimlari va tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetining 104-105 guruh talabalari ishtirok etdilar. Unda shoira Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi haqida taqdimotlar qilindi. Talabalar tomonidan she`rlar о‘qildi. Tadbir davomida tinglovchilar bilar viktorina savol javoblari о‘tkazildi.