Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 4-bandiga muvofiq, 2025-yil 20-mart kuni respublikamizda “Yer kuni” nishonlanishi belgilangan.
🌱 Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida “Yer sharini asraylik” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yer – bizning yagona uyimiz, borlig‘imiz, hayotimiz, bugunimiz va ertamiz. Shunday ekan, ona Yerni asrash, uni borligicha saqlash, yerga, tuproqqa zazar yetkazmaslik insoniyat oldidagi burch va vazifadir. Agar hozirgi davrda jiddiy choralar ko‘rilmasa, kelajakda tabiiy resurslar va yashash muhitining kamayishi insoniyat uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
2025 yilgi Butunjahon Yer kunida men…
✅iqlim savodxonligimni oshiraman;
✅daraxt ekaman;
✅Yer uchun ovoz beraman;
✅plastikli ifloslanishni tugatishga hissa qo‘shaman.
🌍 Kelajagimiz uchun tabiatni asraylik!