✅26.03.2025 yil kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasida “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi tashabbusi bilan 🌿ekologiyani muhofaza qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog‘istondagi Asfandiyarov nomidagi Tibbiyot Universiteti vakili A. Ibodullayeva ham ishtirok etdi.
👥Tadbir doirasida avtomobillardan foydalanishni kamaytirishning atrof-muhit va inson salomatligiga ijobiy ta’siri yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislar transport vositalaridan ortiqcha foydalanish havoning ifloslanishiga, yurak-qon tomir kasalliklarining ko‘payishiga va umumiy ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladilar. Shu munosabat bilan ishtirokchilar piyoda yurish, velosiped transportidan foydalanish va jamoat transportiga afzalroq qarash kabi tamoyillarni targ‘ib qilish muhimligini qayd etdilar.bu borada o`ziari navuna bo`ldilar.
Shuningdek, tadbir xalqaro hamkorlik va do‘stlik ramzi sifatida milliy an’analarga hurmat ko‘rsatish bilan ham boyitildi. Mehmonlarga milliy kiyimlar esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi.
Bunday tashabbuslar nafaqat ekologik muammolarga e’tiborni kuchaytiradi, balki turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.