«Radiatsion gigiyena» yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturi kafedrada 2008 yildan mavjud. Magistraturaning ochilishi radiatsion gigiena soxasi uchun yuqori malakali mutaxasisslarni tayyorlashda zamonaviy umumiy, maxsus va inklyuziv ta’lim tizimining talablari bilan tushuntiriladi.
Magistraturadagi ta’lim talabalarda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar tizimini ushbu tibbiyot soxasida shakillanishini ta’minlaydi. Magistraturada o‘qish ikki yil davom etib, byudjet va kontrakt asosida o‘tkaziladi. Xozirgi kunda, bu yo‘nalish TTA bitiruvchilari orasida eng ommabop xisoblanib, xar yili radiatsion gigiena kafedrasida magistraturaga o‘rtacha 3 talaba qabul qilinadi.
Magistrlik dasturida o‘qitishni tibbiyot fanlari doktori va tibbiyot fanlari nomzodlari olib boradilar. O‘qitish jarayoni o‘z ichiga ilmiy-tekshirish va amaliy jarayonni oladi va ular Respublika DSENMi, Toshkent shaxar xamda Toshkent viloyati DSENMi radiatsion gigiena bo‘limi xamda markaz radiologiya laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Shunirngdek, magistratura talabalari Toshkent malaka oshirish instituti “Gigiyena” kafedrasida tashkil etiladigan seminar xamda MGETE tomonidan tashkil etiladigan ilmiy-amaliy konferesiyalarda ishtirok etadilar.
Tajribali mutaxassislar rahbarligi ostida magistratura talabalari kerakli mustaqil ilmiy ishlar uchun ko‘nikmalarni oladilar.
Radiatsion gigiena mutaxassisligidan magistraturani bitiruvchilari kuyidagi kasbiy faoliyatga ega bulishadi:
1.Oliy va urta maxsus ta’lim tizimining tashkilotlarida;
2.Ilmiy-tadkikot muassasalarida;
3.Ishlab chikarish birlashmalarida;
4.Davlat boshkaruv organlarida;
5.Soglikni saklash,profilaktik tibbiyot korxonalarida.