Qozog‘iston Respublikasi «Astana tibbiyot universiteti» bilan hamkorlik

Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida 2023-yilning 20-24 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi «Astana Tibbiyot Universiteti» jamoat salomatligi  va gigiyena kafedrasi katta o‘qituvchilari  Zeynoldina Aygul Serikbay qizi va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasiga tashrif  buyurishdi.

Zeynoldina Aygul Serikbay qizi va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi xodimlari bilan tanishuvlaridan so‘ng davolash fakulteti talabalari bilan amaliy mashg‘ulot darslarini boshlab yuborishdi. Xafta davomida 2023 yilning 20-24 noyabr kunlari Zeynoldina Aygul Serikbay qizi va Izdenova Nazgul Ramazanovnalar Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasida “Gigiyena. Tibbiy ekologiya” fanidan belgilangan reja bo‘yicha talabalar orasida integral ma’ruza, master klasslar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.

Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasining xalqaro hamkorlik aloqalari davom etib kelmoqda. Kafedra nufuzli chet el  universitetlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish bo’yicha doimiy izlanishlar olib bormoqda.