Fan dasturi
2.13.-Gigiena. Harbiyby gigiyena. Tibbiy-ekologiya.
Fan dasturi uzb 2023-2024. yuklab olish
O‘quv jarayoni
Atrof muhit gigienasi kafedrasida quyidagi talabalar ta’lim olishadi:
Atrof muhit gigienasi kafedrasida o‘quv jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Kafedrada davolash, pediatriya, tibbiy biologiya, stomatologiya, menejment fakultetlarining 2 – bosqich talabalari, tibbiy profilaktika fakultetining 1, 2, 5 – bosqich talabalari, xalq tabobati, farmasevtika fakultetining 1 – bosqich talabalari, tahsil oladi.
Davolash va pediatriya fakultetlarida umumiy o‘quv soati –2-kurs uchun 180 soat, shundan ma’ruza – 18 soat, amaliy mashg‘ulot – 72 soat, mustaqil ta’lim soati – 90 soat, .
Tibbiy profilaktika fakultetida umumiy o‘quv soati – 1 kurs uchun 180 soat, shundan ma’ruza – 24 soat, amaliy mashg‘ulot – 66 soat, mustaqil ta’lim soati – 90 soat, 2 kurs uchun 360 soat, shundan ma’ruza – 36 soat, amaliy mashg‘ulot – 116 soat, laboratoriya – 28 soat mustaqil ta’lim soati – 180 soat, 5-kurs uchun umumiy o‘quv soati – 68 soat, shundan ma’ruza – 10 soat, amaliy mashg‘ulot – 58 soat.
Tibbiy biologiya fakultetida umumiy o‘quv soati – 1 kurs uchun 90 soat, shundan ma’ruza – 10 soat, amaliy mashg‘ulot – 35 soat, mustaqil ta’lim soati – 45 soat.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
O‘quv fanining maqsadi
Gigiena fani – mustaqil fan bo‘lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi.
O‘quv fanining vazifalari
- Atrof muhit omillarini o‘rganish va ularni odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarni aniqlash;
- Olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigienik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish;
- Ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbik qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish.