Joriy yilning 24 noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi 10-Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tadi.
Ushbu anjumanda Pan Gi Mun fondi boshqaruvi raisi, Iqlim o’zgarishi bo’yicha hukumatlararo panel (IPCC) yo‘nalishida 2007 yilgi Nobel mukofoti laureati professor Raekwon Chung “Iqlim inqirozi va O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot imkoniyatlari” deb nomlangan maxsus ma’ruzasi bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Professor Raekwon Chung turli yillar davomida Iqlim o’zgarishi bo’yicha Koreya Respublikasining sobiq elchisi, BMT Bosh kotibining iqlim o’zgarishi bo’yicha sobiq maslahatchisi, UNESSCAP Atrof-muhit va rivojlanish bo’limi sobiq direktori kabi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Professor Raekwon Chung shunigdek Rossiya Federatsiyasining Global energiya xalqaro mukofoti sovrindori, Moskva davlat universiteti va Moskva energetika institutining faxriy doktori hisoblanadi.
Barchani anjuman va professor Raekwon Chung ma’ruzasida ishtirok etishga taklif qilamiz.