Kafedra tarixi

 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

ATROF MUHIT GIGIYENASI KAFEDRASI TARIXI

Kafedra 1920-yilda tashkil etilgan

Umumiy va radiatsion gigiena kafedrasi 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti qoshida tibbiyot fakulteti tarkibida tashkil etilgan.

Professor Grigoriy Nikolaevich Pinegin. Kafedraning asoschisi va birinchi mudiri professor G.N. Pinegin boʻlgan. U kafedraga 1920-yildan 1927-yilgacha kafedraga rahbarlik qilgan. G.N. Pinegin chet davlatlardagi aholiga suv tarqatish tarmoqlari, chiqindi suvlarni tozalash, qattiq chiqindilarni yoqish kabi usullarni tadbiq qilinishiga sababchi bo’lgan olimdir.

1928- 19291y. va 1936-1937 yy.. kafedra mudiri bulib prof. Aleksey Vasilyevich Georgiyevskiy ishlagan. A.V.Georgiyevskiy rahbarlik qilgan davrda kafedra ilmiy ishlarining asosiy yo’nalishlari yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va profilaktikasi mavzulariga bag’ishlangan. 1928-yildan 1936-yilgacha kafedraga avval dotsent, soʻngra professor S.D. Bautin rahbarlik qilgan. Bu yillarda kafedraning ilmiy faoliyati oziq-ovqat mahsulotlarini gigienik baholash va atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan.

Professor Petrova Mariya Anatolevna. 1937-yildan 1941-yilgacha esa kafedraga prof. Petrova M.A. rahbarlik qilgan. Bu davrda umumiy gigiyenaning tarkibiy qismlari sifatida koʻpgina profil gigiyenik kafedralar kommunal va mehnat gigiyenasi shakllana boshlangan. 1942-1945 yillarda kafedra professor Solomon Vladimirovich Moiseev tomonidan boshqarilgan;. Shu yillarda kafedraning ilmiy yoʻnalishi suv taʼminoti, suv taʼminoti gigiyenasi va kanalizatsiya muammolariga bagʻishlangan.

Professor Babadjanov Sattar Nazimovich. 1944-yildan 1966-yilgacha kafedrani universitet tibbiyot fakultetining birinchi bitiruvchilaridan boʻlgan professor Babadjanov Sattar Nazimovich boshqargan. Ular ishtirokida kafedra tarkibiga 1963-yili maxsus – radiatsion gigiyena boʻlimi kiritilgan, shundan soʻng kafedra “Umumiy va radiatsion gigiyena” nomini olgan.

Ular Oʻzbekistonda gelmintologlar maktabiga asos solgan. Babadjanov Sattar Nazimovich 1942 yilda nomzodlik, 1949 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ular 1950-1965 yillarda sanitariya-gigiyena fakulteti dekani bolgan. S.N. Babajanov 100 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, uchta monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Professor Zohidov Abdulla Zohidovich. 1967-1977 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Zohidov Abdulla Zohidovich rahbarlik qilgan. Shu yillarda kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi issiq iqlim sharoitida aholini suv bilan ta’minlanganligi va suv havzalarini sanitariya muhofazasiga bag‘ishlangan. A.3. Zohidov 120 dan ortiq ilmiy maqola va bitta monografiya muallifi. A.Z. Zohidov ilmiy rahbarlik qilgan 23 ta ilmiy ishlar, shulardan uchtasi doktorlik dissertatsiyalaridir. “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Qizil bayroq” ordenlari bilan taqdirlangan.

Professor Tojiboyeva Nelya Salievna. 1978-990 yy kafedrani professor Tojiboyeva Nelya Salievna boshqargan. Birinchi o’zbek ayol gigienisti, professor N.S. Tadjibaeva rahbarlik qilgan yillarda kafedraning asosiy ilmiy izlanish ishlari suv va suv havzalarining sanitariya himoyasi mavzusiga bag’ishlangan. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Professor Ponomareva Lyudmila Aleksandrovna. 1990 yilning sentyabridan ToshDavTI ikkita institutga bo‘lingach, 2-ToshDavTI -ning umumiy va radiatsion gigiyena kafedrasiga avval dotsent, so‘ngra professor Ponomareva Lyudmila Aleksandrovna mudirlik qilgan. 1992 yili doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Ikkita darslik, bitta monografiya, 5 ta qo’llanma, 150 dan ziyod maqola, 11 ta uslubiy qo’llanmalar, 60 dan ziyod nashrlari mavjud. Bir nafar tibbiyot fanlari doktori, 7 nafar tibbiyot fanlari nomzodlarini tayyorlagan.

Koreya Universiteti bilan 2016-2022 yillarga mo‘ljallangan “Toshkent tibbiyot akademiyasida sog‘liqni saqlash sohasida ta’limni takomillashtirish”ga oid xalqaro ilmiy loyihasi doirasida kafedrada o‘quv jaryoni, o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, kadrlar tayyorlash va moddiy-texnik bazani kuchaytirish borasida salmoqli ishlar bajarildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining OTMlariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 2955-sonli qaroriga asosan TTAda Koreya Universiteti bilan hamkorlikda «Atrof muhit va inson salomatligi» 5A510302 magistratura mutaxassisligi ochildi va qo‘shma dastur asosida kadrlar tayyorlash boshlandi. Koreya Universiteti professorlari bilan hamkorlikda  2ta darslik tayyorlandi va o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. 2018 yilda kafedra qoshida Koreya Universiteti hamkorligida ilmiy-tadqiqot markazi tashkillashtirildi va atrof muhit omillarini o‘lchashga mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi.

 

T.f.d. Salomova Feruza Ibodullayevna. 2011-yildan hozirgi kungacha “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasini tibbiyot fanlari doktori, professor Salomova Feruza Ibodullaevna boshqarib kelmoqda. U 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 6 ta monografiya va 8 ta darslik muallifi. F.I. Salomova tomonidan 2 nafar tibbiyot fanlari doktori tayyorlandi.

Hozirgi vaqtda kafedrada 20 nafar xodim faoliyat olib bormoqda: Salomova F.I., dotsentlar t.f.d. Axmadaliyeva N.O., t.f.n. Abdukadirova L.K., t.f.n. Sadullayeva X.A., dotsentlar t.f.d. Raximov B.B., katta o‘qituvchilar t.f.n. Toshmatova G.A., Sharipova S.A., assistentlar Mirsagatova M.R., Nigmatullayeva D.J., Xakimova D.S., Niyazova O.A., Sadirova M.K., Kobiljonova Sh.R., Jalolov N.N., Imamova A.O., Yuldasheva F.U., Sultonov E.Y., Obloqulov A.G’., Rustamova B.J.