Hamkorlik ishlari

XALQARO HAMKORLIK

Respublikamizda oxirgi yillarda oliy taʼlim muassasalalari oʼzining xalqaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirmoqda. Xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, xalqaro donor tashkilotlar va xalqaro kompaniyalar shular jumlasidandir.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada  rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratish ishlariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kun talabalarining xorijiy oliy taʼlim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli oʻquv-kurslari, konferensiya va seminarlarda ishtirokini taʼminlash, xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini joriy etish, taʼlim jarayoniga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish kabi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida ta’limni modernizatsiya qilish, xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, shuningdek, ta’lim olayotgan yoshlarga zamonaviy bilim berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.